Abdulloh ibn Muborak, (toʻliq ismi) Abu Abdurahmon Abdulloh ibn al-Muborak al-Xanzaliy al-Marvaziy (736-797) — qomusiy olim, mashhur sufiy, muhaddis. Ab. M. koʻp mamlakatlarga sayohat qilgan. Marvda muhaddis va fiqhshunoslar uchun alohida rabotlar qurgan. Sufiylik, fiqh, hadisshunoslik, tarix, filol. va tafsirga oid asarlar yozgan. Tarsus (Suryya)dan qaytayotganda vafot etgan va Furot daryosining qirgʻogʻidagi Xit shahrida dafn etilgan.[1]

Abdulloh ibn Muborak toʻliq ismi Abu Abdurahmon Abdulloh ibn al-Muborak al- Xanzaliy al-Marvaziy (736-797) — ikkinchi darajali tobeinlardan; soʻfiy, muhaddis. Hadis, fiqhda zamonasining yetakchi olimi. Xorazm turkiylaridan Muborak ibn Vozihning oʻgʻli. Xurosonning ilmiy-madaniy markazi Marvda tugʻilgan. Butun umrini haj, jihod, ilm va ibodat yoʻliga baxsh etgan. Koʻp mamlakatlarga sayohat qilgan. Sayohatlarida Abu Hanifa bilan koʻrishgan va uning eng mumtoz shogirdlari safidan oʻrin olgan. Soʻfiylik, fiqh, hadisshunoslik, tarix, filologiya va tafsirga oid asarlar yozgan. 20 ming hadisni oʻz ichiga olgan 20 asarini Abu Hanifaning abvobi fiqhiga koʻra tartib etgan. Jihod haqida ilk asar taʼlif etgan va ilk dafʻa Arbaʼin (qirq hadis) yozgan. Abdulloh ibn Muborakdan bahramand boʻlganlardan biri Ahmad ibn Xanbaldir. Imom Buxoriyning otasi — Ismoil Abdulloh ibn Muborakning shogirdlaridan boʻlgan. Tarsusdan qaytayotganda vafot etgan va Furot daryosining qirgʻogʻidagi Xish shahrida dafn etilgan. Uning „Kitob az-zuhd varraqoiq“ nomli 16 juzdan iborat kitobi bizgacha yetib kelgan.

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil