Ibodat (arab. — sigʻinmoq, bosh egmoq) — gʻayritabiiy kuchlar (xudo, ruh va b.) ga sig‘inish, iltijo qilish. I. har qanday dinga xos. Turli dinlarda turlicha I. qilinadi. Diniy eʼtiqodning tarkibiy qismi sifatida I. qatʼiy tartib va qoidalarga boʻysundirilgan. Mas, xristianlar xochga choʻqinadilar, musulmonlar kuniga besh vaqt namoz oʻqib I. qiladilar. Islomda diniy pok hisoblanmaganlar, akli norasolar, xastalar I. dan ozod qilingan. I. yakka holda yoki koʻpchilik boʻlib bajariladi. Diniy taʼlimotga koʻra, butun borliqni unutib, oʻzini faqat xudoga yaqinligini, unga itoatkorligini his etgan holda I. qilish kerak. [1]

Manbalar Tahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil