Ibodatxona – dindorlarning xudoga muayyan tartibda sigʻinadigan joyi, diniy rasm-rusum va marosimlar oʻtkaziladigan bino, inshootlar majmuasi. Ibodatxonaning qurilish uslubi va meʼmoriy bezagi diniy mavzular bilan bogʻliq: mas, xristianlik Ibodatxonalari cherkov, sobor, monastir va boshqa, katoliklarda kostyol, kapella va boshqa, buddizm Ibodatxonalari tera, pagoda, zikkurat, dagoba, stupa va boshqa, yahudiylarda sinagoga, musulmonlarda masjid kabilar.


Din

Oʻz-oʻzini diniy anglash turlari

Monoteizm  · Dualizm  · Politeizm  · Deizm · Teizm  · Itsizm · Panteizm · Pandeizm

Ibtidoiy dinlar

Totemizm  · Animizm  · Fetishizm  · Shomonizm

Dunyo dinlari

Buddizm · Bahoiylik

Ibrohimiy dinlar

Yahudiylik · Xristianlik · Islom

Dharmik dinlar

Hinduiylik · Jaynizm · Sikhizm · Buddizm

Uzoq Sharqning anʼanaviy dinlari

Daosizm · Konfutsiylik · Sintoizm

Boshqa dinlar

Tangrichilik  · Zardushtiylik

Asosiy gʻoyalari

Tangri · Ruh · Gunoh  · Muqaddaslik · Ruh falsafasi · Iymon  · Dogma · Muqaddas kitoblar  · Oʻlimdan keyingi hayot  · Ibodat  · Ibodatxona

Dinlarning roʻyxati

g · m

Ibodatxonalar kadimdan yirik jamoat binolari hisoblangan. Qadimgi Misr ehrom (piramida) lari, Ossuriya va Bobilda zikkuratlar, Hindiston, Xitoy, Yaponiyada stupalar, Qadimgi Rimda haykaltaroshlik va rassomlik asarlari bilan bezatilgan xashamatli Ibodatxonalar qurilgan. Keyinchalik Yevropada bazilika, roman, gotika, barokko, klassitsizm, konstruktivizm uslubida qurilgan gumbazli Ibodatxonalar keng tarqalgan.

Oʻzbekiston hududida turli davrlarda Budda Ibodatxonalari (Qoratepa, Fayoztepa), masjidlar, cherkov, kostel, monastirlar barpo etilgan. Ibodatxonalarning taraqqiyot tarixi diniy talablardan tashqari, turli xalqlarda meʼmoriy taraqqiyotning umumiy yoʻnalishi bilan ham belgilangan[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil