Teizm xudo(lar)ning mavjud ekanligiga boʻlgan ishonchdir. Teistlarga koʻra xudo(lar) olamni yaratgandir. Deizmdan farqli oʻlaroq, teizm xudo (yoki xudolar) olam ishlariga muntazam aralashib turadi, deb hisoblaydi. Aksar teistlar dindordirlar; zero, ba’zi dinlar teistikdir, ya’ni teizm gʻoyasiga asoslanadi.

Teizm (yun. theos — xudo) — xudo olamdan tashqarida turadi, olamni oʻz irodasi bilan yaratgan va unda mavjud bulgan mutlaq shaxs deb tushunuvchi diniy dunyoqarash. Narigi dunyodagi xudoni tan olish T.ni panteizmdan, xudoning doimiy faolligini tan olish esa deizmdan farklantirib turadi. T. kelib chiqishi jihatidan oʻzaro yaqin boʻlgan iudaizm, xristianlik va islom dinlari uchun xosdir. "T." atamasini dastlab ingliz faylasufi R. Kedvort (1617—88) qoʻllagan.

Teistik dinlar qatoriga Yahudiylik, Xristianlik, Islom, Bahoiylik, Zardushtiylik, Hinduiylik, Sikhizm va hk. kiradi.

ShuningdekTahrirlash