Ushbu maqola doktrina haqidadir. Shu nomli film uchun Dogma (film) maqolasiga qarang.

Dogma (yun. dogma — fikr, qoida, taʼlimot):

1) qanday sharoitda qoʻllanishidan qatʼi nazar, tanqid koʻzi b-n tekshirilmay koʻr-koʻrona qabul qilinaveradigan qoida, dalil-isbotsiz muhokama. Dogmatik fikr bilish yoʻliga, fan taraqqiyotiga toʻsqinlik qiladi (qarang Dogmatizm);

2) ilohiyotda dindorlar uchun Yaratuvchi tomonidan joriy qilinganligi uchun majburiy hisoblangan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinadigan ilohiy taʼlimotga empirizm nuqtai nazaridan berilgan baho (qarang Aqida). [1] Biror din, ideologiya yoki boshqa tashkilot tomonidan qabul qilingan va muhokama qilinishi taqiqlangan ishonch yoki doktrinadir.

Huddi shuningdek, ilohiy aqidani rad qiluvchi ateistik g'oyalarini koʻr-koʻrona qabul qilinaverishga dogmatik ateizm deyiladi. [2]

Yana qarangTahrirlash

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Dogmatic Atheism“.