Aqida (arab.) — dindorlar uchun majburiy hisoblangan, shak keltirmasdan, muhokama yuritmasdan eʼtiqod qilinishi lozim boʻlgan diniy talablar.

Islom aqidalarining asosi Qur’onda berilgan, hadislardagi koʻrsatmalar negizida ishlab chiqilib, tartibga solingan.

Islomning sunniylik va shialik yoʻnalishi ilohiyotida eʼtirof etiladigan aqidalar yoki imon talablari

Sunniylik 7 ta:

  1. Allohning yagonaligiga
  2. Farishtalarga borligiga
  3. Muqaddas bitiklarga
  4. Paygʻambarlarga
  5. Oxiratga
  6. Taqdirga
  7. Inson qazo qilganidan soʻng qayta tirilishiga ishonish

Shialik yoʻnalishi ilohiyotida 5 aqida tan olinadi:

  1. Tavhid (Allohning yagonaligi),
  2. Nubuvvat (paygʻambar) ga ishonish,
  3. Adl (ilohiy taqdirning adolatligiga ishonish),
  4. Maod (oxiratga ishonish)

Xristianlikda aqidalar birinchi marta 2-jahon sobori tomonidan qabul qilingan va u e’tiqod timsoli deb atalgan. U xudoning muqaddas uchlikda (Ota, O‘g‘il va Muqaddas ruhda) namoyon bo‘lishi, Isoning xaloskorlik missiyasi, uning tirilib osmonga ko‘tarilib ketishi va oxiratda yana qaytib tushishi, jami 12 asosiy aqidadan iborat. Keyinchalik jahon soborlari e’tiqod timsolini Isoning ham ilohiy, ham insoniy tabiatga egaligi, ikonaga sig‘inish shartligi haqidagi aqidalar bilan boyitgan. Xristian cherkovi bo‘linib ketgandan keyin har bir konfessiya, diniy oqim o‘z ta’limotiga boshqa xristian cherkovlar e’tirof qilmagan aqidalarni kiritgan.

Katolitsizm a’rof haqidagi, Muqaddas ruh faqat Ota-xudodan emas, balki O‘g‘il-xudodan ham paydo bo‘lganligi, Bibi Maryamning ilohiy tarzda Isoga homilador bo‘lganligi va uning jismi osmonga ko‘tarilib ketgani, Rim papasining e’tiqod va axloq ishlarida begunohligi borasidagi aqidani qabul etdi. Protestantizm esa ruhoniylik unvonini berish, muqaddas zaytun moyi surtish va boshqa aqidalarni tan olmay, har bir dindorning o‘z e’tiqodi bilan gunohdan xalos bo‘lishi to‘g‘risidagi aqidani rasm qildi.

Pravoslaviye cherkovi yangi aqidalar kiritishni rad etib, ilgarigi aqidalar mazmunini talqin etish yo‘lidan bordi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil