Monastirlar (yun. monasterion — monaxlar maskani) — cherkovning muayyan yoʻl-yoʻriqlari asosida birgalikda yashovchi monax (rohib)lar jamoasi; monaxlar jamoasi foydalanadigan ibodatxona, turar joy va xoʻjalik binolari majmui. Birinchi buddistlar M.i miloddan avvalgi 1ming yillik oʻrtalarida Hindistonda paydo boʻlgan. Budda M. i keyinchalik Birma va Tailand (2—3-asrlar)da, Vyetnam va Xitoy (4-asr)da, Koreya va Yaponiya (6—8-asrlar)da hamda Indoneziya (7-asr)da vujudga keldi. Xristian M.i esa dastlab 3—4-asrlarda Misrda, soʻngra Rim imperiyasi (4—5-asrlar)da, keyinchalik Yevropada yuzaga kelgan. M. yirik yer egalariga aylanib, diniy mafkura markazi boʻlib qolgan. M. vujudga kelgan dastlabki paytlarda iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyotida muayyan rol oʻynagan. Oʻzbekistonda Rus pravoslav cherkovi Toshkent va Oʻrta Osiyo yeparxiyasiga qarashli 3 ta monastir bor: Svyato Nikolsk Troitsk ayollar monastiri (Toshkent shahri, Mirobod tumani), Svyato Pokrovsk ayollar monastiri (Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani), Svyato Georgiyevsk erkaklar monastiri (Chirchiq shahri). Kamoljon Komilov.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil