Abdulmuʼin ibn Musaʼid
Abdulmu’in ibn Musaʼid ibn Said (arabcha: عبد المعين بن مساعد بن سعيد) Zayd urugʻidan boʻlib, qisqa muddat Makka sharifi va amiri boʻlib xizmat qilgan. Birinchi marta 1788-yil yanvarda, ikkinchi marta 1803-yil aprel-iyul oylarida hukmronlik qilgan[1].
Abdulmuʼin ibn Musaʼid | |
---|---|
Makka sharifi va amiri | |
Saltanat | 1788-yil yanvar |
Oʻtmishdoshi | Surur ibn Musaʼid |
Davomchisi | Gʻolib ibn Musaʼid |
Saltanat | 1803-yil aprel – 1803-yil iyul |
Oʻtmishdoshi | Gʻolib ibn Musaʼid |
Davomchisi | Gʻolib ibn Musaʼid |
Uy | |
Otasi | Musaʼid ibn Saʼid |
Abdulmu’in akasi sharif Surur ibn Musaʼidning vafotidan keyin 1788-yilning yanvarida amirlikni egallagan, biroq bir necha kun ichida ukasi sharif Gʻolib ibn Musaʼidga taxtni boʻshatib bergan[2]. Abdulmu’in oʻz hukmronligi davrida ukasi Gʻolibga yordam berib, Saudiy-Vahhobiy Diriya amirligiga qarshi bir necha harbiy yurishlarni boshqargan. 1803-yil aprelda vahhobiy qoʻshinlari Makkaga yurish qilganda Gʻolib Jiddaga chekinishdan oldin Abdulmu’inni amir vazifasini bajaruvchi etib tayinlagan. Abdulmu’in shaharni Saud ibn Abdulazizga topshirgan va Saudiya hukmronligi ostida amir etib tayinlangan. 1803-yil iyul oyida sharif Gʻolib ibn Musaʼidga qoʻshini bilan shaharga kirishga va vahhobiy garnizonini haydab chiqarishga ruxsat bergan[3][4][4].
Manbalar
tahrirAdabiyotlar
tahrir- de Zambaur, E.. Manuel de généalogie et de chronologie pour l'histoire de l'Islam. Hanovre: Heinz Lafaire, 1927.
- Uzunçarşılı, İsmail Hakkı. Ashrāf Makkat al-Mukarramah wa-umarāʼihā fī al-ʻahd al-ʻUthmānī, 1st (ar), Beirut: al-Dār al-‘Arabīyah lil-Mawsū‘āt, 2003.
- al-Ghāzī, ‘Abd Allāh ibn Muḥammad. Ifādat al-anām, 1st (ar) ‘Abd al-Malik ibn ‘Abd Allāh ibn Duhaysh: , Makkah: Maktabat al-Asadī, 2009.
- Daḥlan, Aḥmad Zaynī. Khulāṣat al-kalām fī bayān umarā' al-Balad al-Ḥarām (ar). Dār Arḍ al-Ḥaramayn [1887/1888], 2007.
Abdulmuʼin ibn Musaʼid Zayd uyi
Banu Qatodaning bir boʻlimi | ||
Humkdorlik unvoni | ||
---|---|---|
Oʻtmishdoshi: Surur ibn Musaʼid |
Makka amiri va sharifi 1788-yil yanvar |
Vorisi: Gʻolib ibn Musaʼid |
Oʻtmishdoshi: Gʻolib ibn Musaʼid |
Makka amiri va sharifi 1803-yil aprel-iyul |
Vorisi: Gʻolib ibn Musaʼid |