Abdulmuʼmin ibn Xalaf
Abdulmuʼmin ibn Xalaf (arabcha: عبد المؤمن بن خلف — Abu Yaʼlo Abdulmu’min ibn Xalaf ibn Tufayl ibn Zayd ibn Tufayl at-Tamimiy an-Nasafiy, 259/872,? — 346/959,?) — hadis hofizi.
Abu Ya’lo Abdulmu’min ibn Xalaf
ibn Tufayl ibn Zayd ibn Tufayl at-Tamimiy an-Nasafiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 872-yil (hijriy 259-yil) |
Vafoti | milodiy 959-yil (hijriy 346-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis hofizi |
Imom-peshvo, hadis hofizlaridan sanalgan Abdulmu’min ibn Xalaf an-Nasafiy badavlat, sunnat va hadisga ergashuvchi, xudojo‘y va nihoyatda ilmli shaxs bo‘lgan. Bag‘dodda Muhammad ibn Dovud az-Zohiriyning fiqhiy mazhabida faoliyat olib borgan, qiyos ahlidan yiroq bo‘lgan.
Hadislari
tahrirBobosi Tufayl ibn Zayddan hadis eshitgan. Shuningdek, Abu Hotim ar-Roziy, Abu Yahyo ibn Abu Masarra al-Makkiy, Ishoq ibn Ibrohim ad-Dabariy, Abu Zinbo’ Ravh ibn Faraj al-Misriy, Yusuf ibn Yazid al-Qarotisiy, Ali ibn Abdulaziz al-Bag‘aviy va ularning safdoshlarinin suhbatida bo‘lib, ulardan hadis tinglagan.
O‘z navbatida, Abdulmuʼmin ibn Xalafdan Abdulmalik ibn Marvon al-Maydoniy, Ahmad ibn Ammor ibn Asama, Ya’qub ibn Ishoq an-Nasafiy, Abu Ali Mansur ibn Abdulloh az-Zuhliy, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Kaloboziy hamda Nasaf ahllaridan bo‘lgan boshqa olimlar hadis rivoyat qilganlar.
Shamsuddin az-Zahabiy „Siyar aʼlām an-nubalā“ va „Tazkira al-huffāz“ asarlarida roviylar zanjirida Abdulmuʼmin ibn Xalaf ham ishtirok etgan hadislardan namunalar keltirgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Az-Zahabiy. Siyar. „Muassasa ar-risola“, 1985. XV, 480;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. — Bayrut: „Dor al-kutub al-’ilmiyya“, 1998. III, 56;
- Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 50.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |