Abdumajid Madraimov
Abdumajid Madraimov (1946-yil 5-aprel; Andijon shahri, O'zbekiston SSR) – tarix fanlari doktori, professor[4][5], manbashunos, sanʼatshunos[6], tarjimon, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, dotsent, tarixchi, tarix fanlari doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi katta ilmiy xodimi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti pedagogi[7][8]. Olim ilmiy ish, maqola va asarlarida asosan Temuriylar davri tarixi hamda sanʼatini yoritib keladi[9][10][11].
Abdumajid Madraimov | |
---|---|
Tavalludi |
5-aprel 1946-yil Andijon, OʻzSSR |
Fuqaroligi |
O‘zbekiston SSR Oʻzbekiston |
Sohasi |
Tarix Manbashunos olim manbashunos sanʼatshunos sanʼatshunoslik fanlari nomzodi tarix fanlari doktori tarjimon |
Mashhur ishlari |
|
Mukofotlari |
1-toifali mehnat faxriysi koʻkrak nishoni sohibi (2019-yil) Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2021-yil) |
Turmush oʻrtogʻi | Zebo Madraimova (Igamova) |
Hayoti va ilmiy faoliyati
tahrirAbdumajid Madraimov 1946-yil 5-aprelda Andijon viloyati Andijon shahrida tugʻilgan. 1964-yilda oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgan. 1970-yilda Toshkent Davlat Universiteti (hozirgi Oʻzbekiston milliy universiteti)ning Sharq fakulteti, Hind boʻlimini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1968—1969-yillarda Hindistonning Lakhnau universitetida oʻquv amaliyotini oʻtagan. 1970—1977-yillari UzR FA Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida ishlagan.
Abdumajid Madraimov 1978—2003-yillarida Oʻzbekiston Respublikasi FA Abu Rayxon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib borgan. 2003—2010-yillari Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomli memorial bogʻ muzey muassasa direktori lavozimida ishlagan. 1979-yili "Tarixiy asarlarga ishlangan XVI asr oxiri XVII asr boshlari hind miniatyuralari („Boburnoma“ rasmlari[12]) mavzusida nomzodlik, 2003-yili „XV- XVI asrlar Markaziy Osiyo kitobat tarixi manbalari“ („Alisher Navoiy asarlari qoʻlyozmalari“[13]) mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, tarix fanlari doktori ilmiy darajasini olgan. 2010-yil professorlik ilmiy unvonini olgan. 1990-yili Sankt-Peterburgda Rossiya FA Sharqshunoslik instituti Sankt-Peterburg boʻlimi (hozirda Sharq qoʻlyozmalari instituti)da yirik arabshunos A. B. Xolidov rahbarligida malaka oshirgan, 2006-yili Turkiyaning Istanbul shahridagi muzey va kutubxonalari bilan tanishgan. Shuningdek, Madraimov Ozarbayjonda (Boku, 1983—1988) YUNESKO tashkil etgan xalqaro simpoziumda, arxeografiya boʻyicha Rossiyada (Qozon 1988) va Ozarbayjon (Boku, 1984)da boʻlib oʻtgan ilmiy konferensiyada, Rossiya (Moskva, 1989)dagi xalqaro konferensiyada, Hindistonda (Dehli, 2014), Qozogʻistondagi „Buyuk ipak yoʻli shaharlari“ (Turkiston, 2018) kabi konferensiyalarga oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etgan.
2010-yil 15-dekabridan 2016-yil apreligacha Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Bosh ilmiy kotibi lavozimda faoliyat yuritgan. 2016-yil may oyida Oʻzbekiston Respublikasi FA Temuriylar tarixi davlat muzeyiga katta ilmiy xodim boʻlib ishga kirgan va dekabr oyidan 2022-yilning 15-apreligacha boʻlim mudiri lavozimida ishlagan. Hozirda muzeyning katta ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelmoqda.
Oilasi
tahrirOtasi: Madraimov Abduraim – 1900-yil, Andijon shahrida tugʻilgan, 1984-yilda vafot etgan. Mashinasozlar zavodi ishchisi boʻlgan.
Onasi: Madraimova (Holmatova) Busora (Bibi Sora) – 1903-yil, Andijon shahrida tugʻilgan, uy Bekasi boʻlgan, 1962-yili vafot etgan.
Turmush oʻrtogi: Madraimova (Igamova) Zebo Abaqulovna – 1947-yili Toshkent shahrida tugʻilgan, vrach-tarapevt. Sogʻliqni saqlash vazirligi 4-boshqarmaning 3- poliklinikasida vrach boʻlib ishlagan, hozir nafaqada.
Oʻgʻli: Madraimov Hindol Abdumajidovich – 1974-yili Toshkent shahrida tugʻilgan, 1996-yil Sankt-Peterburg universitetini bitirgan, filologiya fanlari nomzodi, Turkiyada yashaydi. Erkin ijodkor.
Oʻgʻli: Madraimov Askariy Abdumajidovich – 1976-yili Toshkent shahrida tugʻilgan, Toshkent davlat Pedagogika universiteti bakalaviratura, Oʻzbekiston Milliy universiteti magistraturasini bitirgan, tarix fani boʻyicha falsafa doktori (PhD), Toshkent davlat Sharqshunoslik universiteti dotsenti.
Qizi: Toʻraxojaeva (Madramova) Shamsiroʻy Abdumajidovna – 1984-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. Sharqshunoslik universitetini bakalavr va magistr darajasida bitirgan. Hozirda uy bekasi.
Manbalar
tahrir- ↑ „Temuriy va Boburiylar davri madaniyati, kitobat va rangtasvir sanʼati tarixiga chizgilar“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „Abdumajid Madraimov. Alisher Navoiy va kitobat ahli“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „Madraimov Abdumajid. Biobibliografiya“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „Temuriylar davlat muzeyida o’tkazilgan “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlangan tadbir“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „«Bobur va dunyo»: «Arvoh bazmda ashula ayta boshlasa...»“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „MILLIY TARIXIMIZNING YANGI TIMSOLI yoxud Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi tarixi muzeyini shakllantirishga oid mulohaza va tavsiyalar yangragan anjuman“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „ABDUMAJID MADRAIMOV, GAVHAR FUZAILOVA. MANBASHUNOSLIK“. 2022-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „Abdumajid Madraimov. Alisher Navoiy va kitobat ahli“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „«Amir Temurning eng yaxshi xususiyatlari Boburda aks etgan» - boburshunoslar davrasida“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „Buyuk sarkarda va vatanparvar shoir“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „“AJDODLARIMIZ YaRATGAN MEROSLAR XALQIMIZGA QAYTARILMOQDA”“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „Нодир микрофильмлар; «Бобурнома» зийнатлари“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.
- ↑ „A monograph on manuscripts of Alisher Navoi's works published“. 2023-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 31-mart.