Abdumo‘minboy madrasasiBuxoroning Sesuqi tarrohi guzarida, uchta ko‘cha kesishgan joyda joylashgan. Pishiq g‘ishtdan qurilgan.

Abdumo‘minboy madrasasi
Joylashuv Buxoro
Turi madrasa
Xarita

Tarixi

tahrir

Mahalladagi „Sesuq“ masjidi bilan yonma-yon joylashgan, 5 hujrali bo‘lgan. Suxarevaning tadqiqotlarida keltirilishicha, masjid va madrasa o‘rtasiga devor tortilgan. Madrasa talabalari masjidga oson kirib chiqishi uchun o‘rtadan kichkina eshikdarcha ochilgan. Biroq Suxareva uni yettita hujrali edi deydi. Balki, keyinchalik yana ikkita hujra qo‘shilgandir. Abdumo‘minboy madrasasi va masjidi bitta meʼmoriy majmua ekanligidan ular bir paytda qurilgan degan xulosaga kelish mumkin. Amir Shohmurod tasdiqlagan bir vaqf hujjatida Sesuqi tarrohi masjidi nomi ham qayd etilgan. Shunga ko‘ra, ular kamida XVIII asrda, hatto undan ham ilgariroq qurilgan bo‘lishi mumkin.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 165.