Abdulla Gʻulomovich Abdunabiyev (1928.25.1 — 2008.9.8) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1978). Tarix fanlari doktori (1971), professor (1972).

Abdulla Abdunabiyev
Tavalludi 1928-yil 25-yanvar
Toshkent
Vafoti 2008-yil 9-avgust
Toshkent
Istiqomat joylari Toshkent, Sirdaryo
Fuqaroligi O‘zbekiston SSR, O‘zbekiston Respublikasi
Kasbi tarixchi olim
Ish joylari Sirdaryo viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, Sirdaryo pedagogika instituti rektori, Toshkent elektr aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri
Taʼlimi O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston milliy universiteti)
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Tezis sarlavhasi „Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish borasida partiya faoliyati (1956 — 1964-yillar)“ (nomzodlik), „Rivojlangan sotsializm davrida O‘zbekiston irrigatsiyasini rivojlantirishda partiya faoliyati“ (doktorlik)
Mukofotlari „Shuhrat“ medali

Tarjimayi holi

tahrir

Abdulla Abdunabiyev 1928-yil 25-yanvarda Toshkent shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. U 1950-yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning tarix fakultetini tamomlagan. Olim 1953-yildan boshlab O‘zbekiston Madaniyat vazirligining o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlay boshlagan.

Abdulla Abdunabiyev 1959-yilda Guliston tumani ijroiya qo‘mitasi raisi etib saylandi. Shu yilning iyun oyida Mirzacho‘l shahar ijroiya qo‘mitasi raisi etib tayinlandi. 1961-yil Yangiyo‘l tumani ijroiya qo‘mitasi raisligiga, 1963-yil sentyabrda Sirdaryo viloyat ijroiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga saylandi. 1966-yil may oyida yangi tashkil etilgan Sirdaryo pedagogika instituti rektori etib tayinlandi. 1961-yildan boshlab Toshkent davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)da katta ilmiy xodim sifatida faoliyat ko‘rsatgan.

1970-yil sentabr oyidan boshlab Toshkent Oliy partiya maktabi kafedra mudiri lavozimiga tayinlandi. 1983-yil iyul oyidan boshlab Abdulla Abdunabiyev Toshkent elektr aloqa instituti (hozirgi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti) O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. 1992-yildan to umrining so‘nggi kunlarigacha shu kafedrada professor lavozimida mehnat qilgan. 2008-yil 9-avgustda vafot etgan[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Ilmiy ishlari Mirzachoʻlni oʻzlashtirish tarixi, Oʻzbekistonda demokratik jamiyat barpo etishda koʻppartiyaviylikning oʻrni masalalariga bagʻishlangan. 1965-yilda „Qo‘riq yerlarni o‘zlashtirish borasida partiya faoliyati (1956—1964-yillar)“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini[2], 1971-yilda esa „Rivojlangan sotsializm davrida O‘zbekiston irrigatsiyasini rivojlantirishda partiya faoliyati“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Bir qancha xalqaro, respublika ilmiy-nazariy konferensiyalarida ishtirok etgan. Abdulla Abdunabiyevning shogirlaridan 18 nafari fan nomzodi darajasiga erishgan.

Olim ko‘plab ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar, 35 ta kitob va risolalar, 16 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chop ettirgan.

Asarlari

tahrir
  • Уложение Амира Темура и современность (к 660-летию Амира Темура). Ташкент Республиканский общественный центр.
  • Вечное стремление к миру и согласию (из далёкой истории Средней Азии). — Т., 1996.
  • Вклад в мировую цивилизацию. —  Т.: Узбекистан, 1998.
  • Истоки духовности и добрых традиций (в помощь познающим сущность идеи национальной независимости). — Т., 2001[3].
  • Об особенностях менталитета народов Узбекистана (исторический аспект). —  Т., 2006.

Mukofotlari

tahrir

Abdulla Abdunabiyev 1995-yilda O‘zbekiston Respublikasining „Shuhrat“ medali sohibi bo‘lgan. Davlat arbobi sifatidagi xizmatlarini ilmiy faoliyat bilan birga olib borib, „O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi“ unvoniga sazovor bo‘lgan.

Manbalar

tahrir
  1. Ўзбекистон тарихчилари (библиографик маълумотнома), биринчи жилд. Тошкент: Fan va texnologiya, 2012. — 14-bet. 
  2. Абдунабиев А.Г.. Борьба КПСС за освоение земель Голодной степи. (1956-1964 годы): Автореферат дис. на соискание учен. степеникандидата ист. наук / Акад. обществ. наук при ЦК КПСС. Кафедра истории КПСС., Москва, 1965 — 16-bet. 
  3. Абдунабиев А.Г.. Истоки духовности и добрых традиций (в помощь познающим сущность идеи национальной независимости). Ташкент: ЦПИУЛ, 2001 — 40-bet.