Abdurahmon
Abdurahmon (1844-1901.1.10) — Afgʻoniston amiri (1880-1901). Doʻstmuhammadxonning nabirasi. Taxt uchun oʻzaro nizolarda magʻlubiyatga uchragach, Turkistonga qochgan (1869). 1878-80-yillardagi ingliz-afgʻon urushi davrida vataniga qaytib, Shimoliy Afgʻonistonda oʻz hokimiyatini oʻrnatgan (1880). 1880-yil 31-iyulda Zammada Afgʻoniston amiri deb tan olingan. Abdurahmon Afgʻonistonning hududiy yaxlitligini saqlashga intilgan, biroq Angliyaning zoʻravonligi ostida „Dyurand chizigʻi“ni Afgʻonistonning sharqiy chegarasi deb tan olishga majbur boʻlgan (1893). Unga koʻra, koʻplab afgʻon aholisi yashaydigan hududlar Angliyaning Hindistondagi mulklari qatoriga kiritilgan. Abdurahmon ichki nizolarga barham berib, mamlakat xoʻjaligini mustahkamlashga imkon yaratgan.
AdabiyotlarTahrirlash
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |