Abdurashid al-Valvolijiy
Imom va hanafiy faqih
Abdurashid al-Valvolijiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | hijriy 467-yil |
Vafoti |
hijriy 540-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | imom va hanafiy faqih |
Abdurashid ibn Abu Hanifa an-Nuʼmon ibn Abdurazzoq ibn Abdulloh al-Valvolijiy (Abul Fath, Zahiruddin) — fozil imom va hanafiy faqih bo‘lgan. U hijriy 467-yilda tavallud topgan. Samarqandda yashagan, shu yerda hadis eshitgan va rivoyat qilgan. Bir muddat Keshda yashagan, keyinroq esa Samarqandga o‘tib ketgan. Balxda fiqh ilmini o‘zlashtirgan. Balx va Buxoroda ulamolardan hadislar eshitgan, ulamolar undan hadislar rivoyat qilganlar. Uning „al-Fatovo al-valvolijiya“ („Valvolijiy fatvolari“) degan asari bor. Abdurashid al-Valvolijiy hijriy 540-yil vafot etgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 10-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |