Abduraxmon Rahmatov
Abduraxmon Chorshanbiyevich Rahmatov (1932.7.11, Termiz tumani — 1999.8.10, Termiz) — Oʻzbekiston xalq artisti (1985). 1960-yildan Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrining aktyori. Murodxonov, Sunnat, Parvoz (H. Gʻulom, „Fargʻona hikoyasi“, „Toshbolta oshiq“, „Ajab savdolar“), Hoji (Komil Yashin, „Nurxon“), Devona (S. Jamol, „Guli siyoh“), Rustam (U. Umarbekov, „Uliklar kechirmaydi“), Dargʻa (Hamza, „Maysaraning ishi“), Ashuraliyev (A. Qaxdor, „Ayajonlarim“), Mirza (Shuhrat, „Besh kunlik kuyov“), Utkuriy (Uygʻun, „Parvona“), Samandarov (J. Jabborov, „Oʻjarlar“), Vurm (F. Shiller, „Makr va muhabbat“), Borisov (A. Ibrohimov, „Zoʻldir“), Qahxrr (M. Hazratqulov, „Qaytar dunyo“), Yalla bobo (M. Boboyev, „Soʻnmasin chiroq“) kabi obrazlarni shu teatrda yaratgan.
R. ijodi qaxramonlari dunyoqarashi mohiyatini, insoniylik fazilatlarini aniq ifodalay olishi bilan ajralib turadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |