Abdurazzoqov Abdugʻani (1930.8.1, Toshkent viloyati Qibray shaharchasi) — kimyogar olim, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi (2001), tarix fanlari doktori (1993), professor (2003). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1956). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix va arxeologiya institutida laboratoriya mudiri (1966- 71), direktor oʻrinbosari (1972-79), ayni vaqtda boʻlim mudiri (1971- 98), bosh mutaxassis (1998-yildan). Beh-zod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutida professor (1997-98), kafedra mudiri (1998-yildan). Ilmiy ishlari tarixiy yodgorliklarni (ar-xeologik, meʼmoriy, sanʼat asarlari) kimyoviy-texnologik usullar yordamida tadqiq qilish orqali qadimgi davr hunarmandchiligining bosqichlari, yoʻllari va sir-asrorlarini oʻrganishga oid. A. rahbarligida Oʻrta Osiyoning shishasozligi, metallurgiya, keramika, qurilish materiallari, mineral boʻyoqlar tarixi oʻrganildi. loytuproqdan yasalgan qadimgi yer osti inshootlarini qotirish va saqlashning yangi kimyoviy usullari topildi.

Manbalar tahrir

  • Steklodeliye Sredney Azii v drevnosti i srednevekovye, T., 1963 (v soavtorstve); Srednevekoviye stekla Serdney Azii. T., 1966 (v soavtorstve); Restavraiiya nastenngx ros-pisey Afrasiaba, T., 1975 (v soavtorstve).