Abduvali Abdusamatovich Abduvahobov (1941.11.7, Toshkent) — Oʻzbekiston fanlar akademiyasi akademigi (1995). Kimyo fanlari doktori (1979), professor (1981). Toshkent Davlat Universiteti bitirgan (1965). Oʻzbekiston fanlar Bioorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1973-yildan), shu institut direktori (1987- 93), Oʻzbekiston fanlar Kimyo-texnologiya va Yer haqidagi fanlar boʻlimining raisi (1992- 94), vitse-prezidenti (1994-97). Abduvali fiziologik faol moddalarning noziq organik sintezi, stereokimyo, qisqa molekulali bioregulyatorlar molekulyar taʼsir mexanizmining kimyoviy mohiyati ustida tadqiqotlar oʻtkazgan. Uning rahbarligida hasharotlarning kimyoviy ekologiyasi bilan bogʻliq izlanishlar olib borildi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil