Abduvohid Karimovich Karimovsovet iqtisodiy, davlat va siyosiy arbobi.

Abduvohid Karimov
Oʻzbekiston KP Buxoro viloyati qoʻmitasi 1-kotibi
Mansab davri
1977 – 1984-yil 4-yanvar
Oʻtmishdoshi Qayum Murtazoyev
Vorisi Ismoil Jabborov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1932-yil 1-may
Qashqadaryo viloyati Kitob tumani
Vafoti 20-yanvar 1992-yil(1992-01-20)
(59 yoshda)
Siyosiy partiyasi KPSS
Mukofotlari

Tarjimai holi tahrir

1932-yil 1-mayda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tugʻilgan. 1959-yildan KPSS a'zosi.

1946-yildan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ishlarda faoliyat boshlagan. 1946-1984-yillarda tuman suv xoʻjaligi boʻlimi gidrometri, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlari irrigatsiya tizimlari viloyat boshqarmasi katta muhandisi, boʻlim boshligʻi, boshligʻi, viloyat ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Oʻzbekiston KP Markaziy Qoʻmitasi boʻlim mudiri oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Kitob tuman qoʻmitasi birinchi kotibi, Surxondaryo viloyat ijroiya qoʻmitasi raisi (1970—1974), Oʻzbekiston KP Surxondaryo viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1974—1977) , Oʻzbekiston Kompartiyasi Buxoro viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi (1977—1984), Oʻzbekiston SSR melioratsiya va suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari.

SSSR Oliy Kengashining 10-chaqiriq deputati etib saylangan.

KPSS XXIV, XXV va XXVI qurultoylari delegati.

1992-yil 20-yanvarda vafot etgan.

Havolalar tahrir

  • Депутаты Верховного Совета СССР, Том 10. — Изд-во «Известия Советов депутатов трудящихся СССР». — 1980. — С. 195.