Abduxoliq Karimovich Karimov (1923-yil 20-may, Jizzax — 1994-yil 23-mart, Toshkent) — sovet partiya va davlat arbobi, Oʻzbekiston SSR 112-son Denov saylov okrugidan Millatlar kengashi deputati. Sotsialistik Mehnat Qahramoni.

Tarjimai holi

tahrir

1923-yilda tugʻilgan, millati oʻzbek. 1946-yildan KPSS aʼzosi. Maʼlumoti oliy. Samarqand qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan. 1941-yildan oʻqituvchilik qilgan. 1942—1946-yillarda Sovet Armiyasi saflarida xizmat qilgan. Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi. 1946-yildan oʻqituvchi, tuman komsomol qoʻmitasining birinchi kotibi, tuman ijroiya qoʻmitasi raisi. 1954-yildan partiya tuman qoʻmitasining birinchi kotibi, viloyat sovxozlar tresti direktori, tuman qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish boshqarmasi boshligʻi. 1965-yildan partiya raykomining birinchi kotibi. 1967-yildan Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari. 1968-yildan Samarqand viloyat partiya komiteti kotibi. 1977-yildan Oʻzbekiston Kompartiyasi Surxondaryo viloyat qoʻmitasining birinchi kotibi. 1985-yil avgust oyida nafaqaga chiqqan.

Millatlar kengashining salomatlik va farovonlik komissiyasi aʼzosi.

Oʻzbekiston SSRdan 10—11-chaqiriqlar (1979—1989) SSSR Oliy Soveti Millatlar Kengashi deputati etib saylangan.

Oilasi va shaxsiy hayoti

tahrir

Karimov Abduxoliq Karimovich 1923-yil 20-mayda Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan uncha uzoq bo‘lmagan Gadoy (Guliston) qishlog‘ida tug‘ilgan. Mahalliy maktabda oʻqigan. Maktabni tugatgach, oʻqituvchi boʻlib ishlagan. 1942-yilda ixtiyoriy ravishda urushga ketdi. 1946-yilda vataniga qaytdi. Musurmonqul Salomatning qiziga uylangan. Salomat Karimova taʼlim olmagan edi. Oilada besh farzand bor edi. Burxon, Dilbar, Gulnora, Abduqodir, Abdulla. Ota-onalar ularga har tomonlama taʼlim berishga harakat qildilar.

Mukofotlar

tahrir

Havolalar

tahrir