Aberdin
Aberdin – Birlashgan Qirollikdagi shahar, Shotlandiyada. Grampian rayonining ma’muriy markazi. Aholisi 211 ming kishi (1988). Shimoliydengiz bo‘yidagi port va dengizdagi neft konlarining boshqaruv markazi. Baliq qayta ishlanadi. To‘qimachilik, kemasozlik, kimyo korxonalari, universitet (1494), gotika sobori (1336–1522) bor. XII-XIV asrlarda Shotlandiya qirollarining qarorgohi. Aberdin atrofidan granit qazib olinadi. [1]
ManbalarTahrirlash
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |