Aberratsion vaqt
Aberratsion vaqt — yorugʻlik nurining Quyosh sistemasidagi kosmik jismlardan Yerga yetib kelishiga ketgan vaqt (t). Ushbu t/499,012 r tenglamadan aniqlanadi (sek.); bunda r — kosmik jismgacha boʻlgan masofa (astronomik birliklarla oʻlchanadi). Sayyora, kometa va, ayniqsa Yer sunʼiy yoʻldoshlarining koʻrinma harakati juda katta. Ular kuzatilganda Aberratsion vaqt hisobga olinib, tegishli koordinatalarga tuzatmalar kiritiladi.
Adabiyotlar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |