Abissal yotqiziqlar — hozirgi za-monda Tinch, Atlantika va Hind okeanlari tubining katta (90%) qismida hosil boʻlgan choʻkindilar. Bunday yotqiziklar koʻpincha 3 km dan ortiq chuqurlikda oksidlanish muhitida paydo boʻladi. Abissal yotqiziqlar: 1) mayda hayvon organizmlarining skletlaridan; 2) quruqlikdan shamol yoki dengiz oqimi natijasida keltirilgan mineral zarrachalardan, suv osti va suv usti vulkan jinslaridan, kosmik chan-glardan tashkil topadi. Suv organizmlarining okean tubida tezda parchalanib ketishi uchun kimyoviy sharoit boʻlmasa, u holda organik balchiqlar hosil boʻladi. Lekin organizmlar okean tubida kam boʻlsa yoki oksidlanish muhitida ularning skeletlari tezda erib ketsa, u holda koʻproq anorganik mineral yotqiziqlar vujudga keladi. Agar bu yotqiziklar tar-kibida temir boʻlsa, temirning oksid-lanishi natijasida loy choʻkindilari qizil rangga boʻyaladi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Abissal yotqiziqlar" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil