Abjad al-ʼulum
Abjad al-ʼulum (arabcha: أبجد العلوم)
Asl nomi | Abjad al-’ulӯm |
---|---|
Muallif(lar) | Muhammad Siddiqxon al-Qannujiy |
Til | arab tili |
Janr(lar)i | ensiklopedik asar |
„Abjad al-’ulӯm“ ensiklopedik asar. Unda ilm va fanlar, xususan, Islomga oid ilmlar tasnifi, shuningdek, tarix va turli soha olimlarining tarjimai hollari haqida maʼlumotlar berilgan. Asar Muhammad Siddiqxon al-Qannujiy qalamiga mansub. Muallif asarni yozishda al-Forobiyning „Ihsā al-’ulӯm“, al-Xorazmiyning „Mafātih al-’ulӯm“, Toshko‘prizodaning „Miftāh as-saʼāda“ va Hoji Xalifaning „Kashf az-zunӯn“ asarlaridan foydalangan.
Jildlari
tahrirAsar uch jilddan iborat bo‘lib, har bir jild bir necha bob va fasllarga bo‘lingan hamda quyidagicha nomlangan:
- Birinchi jild — „Al-Vashy al-marqӯm“.
- Ikkinchi jild — „As-Sihāb al-markӯm al-mumtir bi-anvā’ al-funӯn va asnāf al-’ulӯm“.
- Uchinchi jild — „Ar-Rahӣq al-maxtӯm min tarājim aimma al-’ulӯm“.
Asar 1978-yil Damashqda nashr etilgan.
Muallif haqda
tahrirMuallifning to‘liq ismi Muhammad Siddiqxon ibn Hasan ibn Ali ibn Lutfulloh al-Hasaniy al-Buxoriy al-Qannujiy bo‘lib, u taniqli hadisshunos olim va mufassir bo‘lgan. 1248/1832-yil Hindistonning Banus Bariliy qishlog‘ida tavallud topgan.
Muhammad Siddiqxon olti yoshga yetganida otasi vafot etib, yetim qoladi. Onasi va akasi bilan ota-bobolari yurti Qanuj shaharchasiga jo‘nab ketadilar. Dehlida taʼlim oladi. Keyinchalik, Bhopal shahriga (Hindiston) safar qilib, o‘sha yerda yashab qoladi. U yerda vazir darajasigacha ko‘tariladi. Bhopal amiri Iskandar Begimning qizi malika Shohjahon Begimga uylanadi. Muhammad Siddiqxon oltmishdan ziyod arab, fors va hind tillarida asarlar yozgan. U 1307/1890 y. vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Muhammad Siddiqxon. Abjad al-’ulӯm. „Dor Ibn Hazm“, 2002;
- Ahmad Atiyatulloh. Al-Qāmӯs al-islāmӣ. „Maktaba an-nahda al-misriyya“, 1963. I, 7-8;
- Fotima Mahjub. Al-Mavsӯ’a az-zahabiyya. II, 88.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |