Bhopal shahri Hindistonning Madhya Pradesh shtatining maʼmuriy markazidir. Transport yoʻllari tuguni. Aholisi 2,7 mln dan ziyod kishi (2011).[1] Ogʻir sanoat uskunalari ishlab chiqariladi. Toʻqimachilik, jumladan ip-gazlama va qishloq xoʻjalik mahsulotlari qayta ishlash sanoati koronalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan (zargarlik buyumlari, gazlama boʻyash va boshqalar). Yirik savdo markazi. Universitet va institutlari bor.

Shahar
Bhopal
भोपाल
Mamlakat Hindiston
Mavqe shahar
Shtat Madhya Pradesh
Tuman Bhopal
Koordinatalari 23°15′N 77°25′E / 23.250°N 77.417°E / 23.250; 77.417Koordinatalari: 23°15′N 77°25′E / 23.250°N 77.417°E / 23.250; 77.417
Hokim Krishna Gaur
Maydoni 697,24 km²
Dengiz sathidan balandligi 427 m
Rasmiy tili hind tili|Hindi
Aholisi 2 795 648[1] nafar (2011)
Zichlik 2 575 kishi/km²
Vaqt mintaqasi UTC+5:30
Telefon kodi 0755
Pochta indeksi 462001 — 462xxx
Rasmiy sayti http://bhopalmunicipal.com/ (ingl.)
Bhopal (Hindiston)
Bhopal

Shahar 1984-yil dekabrida sodir boʻlgan Bhopal falokati tufayli xalqaro eʼtiborga tushdi. Oʻshanda Union Carbide India Limited kompaniyasining pestitsid ishlab chiqaruvchi zavodidan tarkibida metilizotsianat boʻlgan zaharli gazlar chiqib, yaqin-atrofda yashovchi aholini halok qildi. Bu voqea jahondagi eng katta falokatlardan biridir. Shu yuzdan Bhopal butundunyo atrof-muhitchilarining eʼtiroz kampaniyalari markazlaridan biri boʻlib kelmoqda.

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 Provisional Population Totals. Census of India 2011. The Registrar General & Census Commissioner, Government of India. 2013-03-12.

HavolalarTahrirlash

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil