Abkar al-Minan (arabcha: أبكار المنن)

Abkar al-Minan
Asl nomi Abkār al-minan fū tanqūd āsār as-sunan
Muallif(lar) Abu-l-Alo Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurrahim al-Muborakfuriy

Asar muallifi hindistonlik mu­haddis Abu-l-Alo Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurrahim al-Muborakfuriy (vafoti 1353-hijriy yil) bo‘lib, u Imom Abu Iso at-TermiziyningAl-Jāmi’ as-sahӣh“ asariga „Tuhfa al-ahvazū sharh jāmi’ at-Termizū“ nomli sharhi bilan mashhur.

Muallif haqida tahrir

Muhammad Abdurrahmon al-Muborakfuriy Shayx Abdulloh al-Miaviy, Nazir Husayn al-Bahoriy ad-Dehlaviy, Husayn ibn Muhammad al-Ansoriy al-Xazrajiy, Hisomuddin al-Miaviy va boshqa ko‘plab ustozlardan taʼlim olib, dars, fatvo bergan va ilmiy kitoblar yozgan. Abdussalom al-Muborakfuriyning ustozi bo‘lgan.

Mavzusi tahrir

Asarning to‘liq nomi „Abkār al-minan fū tanqūd āsār as-sunan“dir. Asar „Āsār as-sunan“ asarini tanqidiy o‘rganishga bag‘ishlangan. „Āsār as-sunan“ asari Muhammad ibn Ali an-Naymaviyga mansub bo‘lib, u „Sahūh“ va „Sunan“ to‘p­lamlardan tanlangan hadislarni o‘zida jamlagan. Shuningdek, asar tahorat va namoz bo‘yicha hanafiy mazhabi dalillarini o‘z ichiga oladi.

Abdurrahim al-Muborakfuriy asari „Kitāb at-tahāra“ va „Kitāb as-salāt“ nomli ikki kitobdan tashkil topgan bo‘lib, ularda tahorat va namozga oid mavzular bayon qilingan. „Kitāb at-tahāra“ 29 bobdan, „Kitāb as-salāt“ esa 67 bobdan iborat bo‘lib, ularga qator „tanbeh“ va „foyda“lar ilova qilingan. Asarning Banoras nashrida 17 sahifadan iborat tuzatish­lar ilova qilingan. Bu tuzatishlar to‘rt ustunda berilgan bo‘lib, ularda sahifa raqami, satr raqami, xato holati va tuzatilib o‘qilishi talab qilingan shakllar bayon etilgan.

Muallif Abdurrahim al-Muborakfuriyda har bir hadis va undan olingan hukm borasidagi to‘rt fiqhiy mazhab (hanafiy, molikiy, shofe’iy va hanbaliy) dalillarini qiyosiy bayon qilgan. Shuningdek, fiqhiy mazhablardagi hukmlar, bir mazhab o‘rtasidagi turli fikrlarni ham keltirgan. Barcha qarashlar bayon qilingach, ularning dalillari, manbalari, Qur’on oyati bo‘lsa, u haqida mashhur tafsirlar, hadislarning esa taxriji (qaysi to‘plamlarda rivoyat qilingani)ni bayon qilish bilan birga, aqliy dalillar ham o‘z o‘rnida keltirilgan.

Nusxalari tahrir

Abdurrahim al-Muborakfuriy asarining 1388-hijriy yilda ko‘chirilgan qo‘lyozma nusxasi [Quvayt]]dagi Vaqf ishlari vazirligi kutubxonasida (inv. raqam 9873) saqlanmoqda.

Nashrlari tahrir

Abu-l-Qosim ibn Abdulazim tomonidan tayyorlangan nashrlari esa, 1990-yil Banorasdagi „Al-Maktaba as-salafiyya“, 2013-yilda „Dor al-qabas“ matbaalarida chop etilgan[1].

Adabiyotlar tahrir

  1. Abdurrahmon al-Muborakfuriy. Abkār al-minan fū tanqūd āsār as-sunan. (Abu-l-Qosim ibn Abdulazim nashri). — Banoras: „Al-Maktaba as-salafiyya“, 1990.

Manbalar tahrir

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.