Abraxa
Abraxa (habashcha Ibrohim) - Yaman hokimi. Rivoyatga koʻra, Abraxa Yamanda hukmronlik qilib turgan vaqtda Saʻno shahrida Qullays nomli bahaybat xristian cherkovini barpo etib, xalqni Makkaga borib haj qilmasdan, uni ziyorat qilishga daʻvat etgan. Lekin Yaman ahdi Makka ziyoratini tark qilmagan. Shunda Abraxa Kaʻbani vayron qilish uchun fillar bilan hujum boshlagan (Abraxa shuning uchun Sohib ul-fil laqabini olgan). Alloh taoloning qudrati bilan uning qoʻshini ustiga toʻp-toʻp qushlar uchib kelib, tosh parchalarini yogʻdirib fillarni ham, lashkarlarni ham halok etgan. Bu voqea Muhammad alayhis-salom tavalludlaridan bir oz oldin boʻlib oʻtgan. Qurʼonning 105-surasi "Fil" nomi bilan atalishi va Muhammad alayhis-salom "Fil" yilida tugʻilgan deyilishining sababi ham shu.