Abror Hidoyatov
Abror Hidoyatov (1900.31.12 – Toshkent – 1958.3.10) – Oʻzbekiston xalq artisti (1937). Dastlab eski maktabda oʻqigan. 1919-yildan Mannon Uygʻur boshchilik qilgan „Turon“ truppasida ishlagan. 1920-24-yillar Neʼmat (Gʻ.Zafariy, „Halima“), drama studiyasida oʻqiydi. Studiyada yaratilgan Garpagon (J.Molyer, „Xasis“), Bob (Bill-Belotserkovskiy, „Aks sado“), Nasriddin (Choʻlpon, „Yana uylanaman“), shahar hokimi (N.Gogol, „Revizor“), Kalaf (K.Gotssi, „Malikai Turandot“) H. kamolotida muhim rol oʻynadi. 1927-35-yillarda milliy va tarjima asarlarda bir turkum obrazlar yaratdi: Sarimsoq (K.Yashin, „Yondiramiz“), Rustam (U.Ismoilov, „Rustam“), Shopur (Xurshid, „Farhod va Shirin“), Frondoso (Lope de Vega, „Qoʻzibuloq qishlogʻi“) va boshqa Ijobiy qahramonlar obrazlarini yaratar ekan, asosan qahramonona romantik vositalarni ishga soldi. Salbiy rollarda ham eʼtiborli ijodiy yutuqlarga erishdi: Kukumboy (D.Furmanov, S.Polivanov, „Isyon“), Oripov (Z.Said, N.Safarov, „Tarix tilga kirdi“) va boshqa Hidoyatovning aktyorlik mahorati Hamlet (Uilyam Shekspir, „Hamlet“, 1935), Gʻofur (Hamza, „Boy ila xizmatchi“, 1939) va Otello (Uilyam Shekspir, „Otello“, 1945) obrazlarida yorqin namoyon boʻldi.
H.ning oʻzbek tarixiy dramalarida yaratgan Muqanna (H.Olimjon, „Muqanna“), Temur Malik (M. Shayxzoda, „Jaloliddin“), Navoiy (Uygʻun, I.Sulton, „Alisher Navoiy“) obrazlari ham yetukdir.
H. nomi Oʻzbek davlat drama teatriga (1991) hamda Toshkent koʻchalaridan biriga (1986) berilgan. Hidoyatov hayoti va ijodiga bagʻishlangan hujjatli film ishlangan (rej. Bobo Xoʻjayev, 1967). Vafotidan soʻng "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlangan (2000)[1].
Adabiyot
tahrir- Deych A., Abrar Xidoyatov, M.-L., 1948;
- Avdeyeva L., Abrar Xidoyatov, T., 1960;
- Qodirov M., Saqnamiz lochinlari, T., 1986;
- Rahmonon M., Hamza Oʻzbek Daalat akademik drama teatri tarixi, T" 2001;
- Muhsin Qodirov, OʻzME, Toshkent, 2000-2005.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |