Absolyut (mutlaq) ruh va absolyut gʻoya Gegel falsafasining asosiy tushunchalaridan biridir. Gegelning fikricha, Absolyut ruh oʻz taraqqiyotida bir qancha bosqichlarni bosib oʻtadi, yaʼni obyektiv ruh, subyektiv ruh, mutlaq bilim shaklida hamda mukammallashib, Absolyut gʻoya sifatida namoyon boʻladi. Absolyut gʻoyaning asosiy shakllari sanʼat, din va falsafadir. Ruh sanʼatda obrazlar orqali, dinda hissiy-ruhiy faoliyat natijasida, falsafada esa dunyoqarashga xos chuqur fikrlash vositasida gʻoya tarzidagi mohiyatni namoyon qiladi. Absolyut ruh shaxs, jamiyat va gʻoyaning birligi sifatida abadiy, cheksiz, makon va zamonda erkin harakatlanish xususiyatiga ega. insoniyat va jamiyat oʻz navbatida Absolyut ruhning maʼlum bosqichidagi namoyon boʻlishidir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Falsafa Qomusiy lugʻat. „Oʻzbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti“, „Sharq“ nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati. Toshkent, 2004