Abu-l-Vafo al-Axsikatiy
tilshunos va tarixchi
Abu-l-Vafo al-Axsikatiy (arabcha: أبو الوفاء الأخسيكتي — Abu-l-Vafo Muhammad ibn Muhammad ibn al-Qosim al-Axsikatiy) — tilshunos va tarixchi.
Abu-l-Vafo Muhammad ibn Muhammad ibn al-Qosim al-Axsikatiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 1126-yil (hijriy 520-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tilshunos, tarixchi |
Marvda yashagan. Ibn Abu-l-Manoqib nomi bilan tanilgan bo‘lib, o‘z davrida tilshunoslik va tarix ilmi sohalarida peshvolardan bo‘lgan. Manbalarda Abu-l-Vafo al-Axsikatiy atoqli shoir va arab tilini mukammal bilgan olim sifatida ham taʼriflanadi.
Abu-l-Vafo al-Axsikatiy Axsikatda Abu-l-Qosim Mahmud ibn Muhammad as-So‘fiydan dars olgan. As-Sam’oniy olim bilan bir necha marotaba uchrashgan, lekin uning maʼruzalaridan bahramand bo‘la olmagan. Tarixchilardan Hoji Xalifa olim qalamiga „Kitāb at-tarӣx“ nomli asar mansubligini zikr qilgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- O. A. Qoriyev. X-XII asrlarda Movarounnahrda fiqh ilmi // Farg‘ona fiqh maktabi va Burhoniddin al-Marg‘inoniy. — T.: „Fan“, 2009. 52;
- O‘rta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2016. 29.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |