Abu-l-Valid Ahmad ibn Abu Rajo
tasavvuf shayxi
Abu-l-Valid Ahmad ibn Abu Rajo (arabcha: أبو الوليد أحمد بن أبي رجا) — tasavvuf shayxi.
Abu-l-Valid Ahmad ibn Abu Rajo | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 846-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tasavuf shayxi |
Tasavvuf tariqatining yirik namoyandasi. Hirot yaqinidagi Ozodon qishlog‘ida tug‘ilgan. Imom Ahmad ibn Hanbalning shogirdi. Imom al-Buxoriy undan hadis rivoyat qilgan. Isfahon va Bag‘dod shaharlarida yashagan. Hadis va tasavvuf ilmida zamonasining peshvolaridan bo‘lgan. „Mujmal Fasihiy“da XV—XVI asrlarda Hirot aholisi har chorshanba kuni uning qabrini ziyorat qilishga borganlari haqida maʼlumot berilgan. Navoiy „Nasoyim ul-muhabbat“ga „Nafahot ul-uns“dan ushbu shayx bilan bog‘liq bobni kiritgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Alisher Navoiy. TAT. Nasoyim ul-muhabbat. — T.: „Gʻafur Gʻulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi“, 2011. X, 402.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |