Isfahon — Eronning markaziy qismidagi shahar, Zoyanderud daryosi boʻyidagi xushmanzara joyda. Isfahon ostonining maʼmuriy markazi. Yiliga 128 mm yogʻin yogadi. Aholisi 1 583 609 ming kishi (2006).

Isfahon / اصفهان Mashhad shahrining tepadan koʻrinishi
shahar
32°38′00″N 51°29′00″E / 32.63333°N 51.48333°E / 32.63333; 51.48333Koordinatalari: 32°38′00″N 51°29′00″E / 32.63333°N 51.48333°E / 32.63333; 51.48333
Mamlakat Eron
Uston Isfahon ustoni
Hukumat
 • Shahrdor Rasul Zargar
Maydon 493 km2
1574 m
Iqlim turi subtropik-ichkikontinental
Rasmiy til(lar)i forscha
Aholisi
 (2011)
1 756 126
Zichligi 6 000 kishi/km2
Milliy tarkib asosan forslar
Konfessiyaviy tarkib asosan musulmonlar (asosiy qismini shia mazhabi egallaydi)
Vaqt mintaqasi UTC+3:30
Telefon kodi +98 311
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Isfahon / اصفهان на карте
Isfahon / اصفهان
Isfahon / اصفهان Mashhad shahrining tepadan koʻrinishi

I. qadimiy qoʻlyozmalarda (mas, Ptolemey asarlarida) Aspadana nomi bilan tilga olingan. Sosoniylar davri (3— 7-asrlar)da Markaziy Eronning iqtisodiy va madaniy markazi boʻlgan. 7-asrda shaharni arablar egallagan. 8—13-asrlarda I. Yaqin va Oʻrta Sharqdagi eng yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri boʻlgan. 1237 y.da I.ni moʻgʻul bosqinchilari vayron qilgan, keyinroq shahar qayta tiklangan. 1387 y.da uni Amir Temur egallagan. Shahar 16-asr oxiri — 17-asr boshlarida, Safaviylar davlatining poyimi boʻlgan davrda ayniqsa ravnaqtopgan. I. 17-asr oʻrtalarida aholisi qariyb 600 ming kishilik katta shahar edi. 1722 y.da uni afgʻonlar bosib olib, talon-taroj qildilar. 18-asr oxirida poytaxt I.dan Tehronga koʻchirilgach, shaqar avvalgi mavqeini yoʻqotdi.

I. — mamlakatda Tehrondan keyin 2-oʻrindagi muhim savdo-sanoat markazi. Avtomobil va havo yoʻllari tuguni. Toʻqimachilik (ip va jun gazlamalar, trikotaj sanoati), yogʻochsozlik, ozik,ovqat (yogʻ, shakarqand), sement, poyabzal, kimyo korxonalari, oyna zavodi bor. Shahar yaqinida yirik metallurgiya zavodi qurilgan. I. — gilam toʻqish va oʻr-ta asr miniatyurachiligining qad. markazi.

I.da Eron meʼmorchiligining bukj yodgorliklari saqlanib kelmoqda. Joms masjidi (9—20-asrlar), Chehel Doʻxtaron (1107) va Sarebon minoralari (12-asr oxiri), Jaʼfar maqbarasi (14-asr), Horune Viloya maqbarasi, Shoh masjidi (1612—30), Lutfullo masjidi (1603—18), Ali Qopu saroyi (15-asr), Chehel Sutun saroyi (1590), Modari Shoh madrasasi (1706—14), minoralari tebranuvchi Jonbe masjidi, bir necha koʻprik-binolar, universitet bor. [1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil