Abu-l-Valid at-Tayolisiy
Abu-l-Valid at-Tayolisiy (arabcha: أبو الوليد الطيالسي — Abu-l-Valid Hishom ibn Abdulmalik at-Tayolisiy al-Basriy) — hadis hofizi.
Abu-l-Valid Hishom ibn Abdulmalik at-Tayolisiy al-Basriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 750-yil (hijriy 133-yil) |
Vafoti |
milodiy 842-yil (hijriy 227-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hadis hofizi |
Bani Bohila qabilasining nufuzli shaxslaridan bo‘lgani uchun al-Bohiliy nisbasi bilan ham zikr qilinadi. Ikrima ibn Ammor, Abu Avona, Shu’ba ibn Hajjoj, Zoida ibn Qudoma, Abdurrahmon ibn Abu-z-Zinod, Molik ibn Anas, Hammod ibn Salama kabilardan hadis o‘rgangan. Ustozlari orasida yetmishtacha ayol muhaddislar bo‘lgani aytiladi. Undan al-Buxoriy, Abu Dovud, Ishoq ibn Rohuya, Abd ibn Humayd, Abu Zur’a ar-Roziy, Abu Hotim ar-Roziy, Ibn Vora kabi mashhur muhaddislar hadis rivoyat qilganlar. [Imom al-Buxoriy undan 107 hadis olgan. Rivoyatlari „Kutubi sitta“ bilan bir qatorda boshqa hadis kitoblaridan ham o‘rin olgan.
Vafoti
tahrirManbalarda Abu-l-Valid at-Tayolisiyning o‘lim sanalari turlicha naql qilingan, yaʼni hijriy 227-yil safar (milodiy 841-yil dekabr), rabi’ul-avval (milodiy 842-yil yanvar), rabi’ul-oxir (milodiy 842-yil fevral), 226-yil (milodiy 840-yil)da vafot etgani ham aytiladi.
Unvonlari
tahrirO‘z davrining imomi, shayxul-islom kabi unvonlar bilan tilga olingan Abu-l-Valid at-Tayolisiyni barcha hadis tanqidchilari siqa roviy sifatida qabul qilganlar. „Amir al-mu’miniyn fil-hadis“ unvoniga loyiq ko‘rilishi hofizasining o‘ta darajada quvvatli hamda ishonchli roviy bo‘lganiga dalolatdir. Ahmad ibn Hanbal Abu-l-Valid at-Tayolisiyga baho berib, o‘z davrida undan ko‘ra ustun muhaddis topilmaganini aytadi. Uni o‘z ilmiga amal qiluvchi va faqih sifatida zikr qilgan Abu Hotim ar-Roziy, uning rivoyatlarini o‘z ichiga olgan kitobdan ko‘ra sahih kitobni ko‘rmagani, hadis rivoyat etayotganida oldida birorta yozilgan matn bo‘lmaganini, umrining oxirlarida hofizasi zaiflashgan Hammod ibn Salamadan naql qilgan rivoyatlariga uncha ishonib bo‘lmasligini ifoda qilgan.
Iqtibos
tahrirMashhur muhaddis Ibn Vora ustozlari ichida Abu-l-Valid at-Tayolisiyga o‘xshash kuchli hofizaga ega shaxsni ko‘rmaganini quyidagi voqeani eslash bilan izohlaydi: "Abu-l-Valid at-Tayolisiy Shu’badan hadis bo‘yicha taʼlim olar ekan, avvallari uning rivoyatlarini yozib borardi. Shu’ba undan „Birma-bir yozib boryapsanmi?“ deb so‘raganidan so‘ng, yozishdan voz kechadi va eshitganlarini hifzida saqlashni boshlaydi[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt. VII, 300;
- Yahyo ibn Maʼiyn. At-Tarӣx. II, 618;
- Ahmad ibn Hanbal. Al-Ilal. I, 524; II, 315; III, 460;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. III, 195;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx as-sag‘ӣr. II, 355;
- Ibn Qutayba. Al-Maʼārif (Ukkosha), 521;
- Ibn Abu Xotim. Al-Jarh va-t-taʼdӣl. IV, 65-66;
- Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. I, 382-383;
- Az-Zahabiy. Siyar. X, 341-347;
- Az-Zahabiy. Al-Ibar. I, 314;
- Ibn Kasir. Al-Bidāya. X, 299;
- Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. III, 14; XI, 45-47;
- Ibn al-Imod. Shazarāt az-zahab. II, 62-63;
- M. Fuad Sezgin. Buhârî’nin Kaynakları Hakkında Araştırmalar. -İstanbul: 1956. 199;
- Mücteba Uğur. Ansiklopedik Hadis Terimleri Sözlüğü. — Ankara: 1992, 27;
- Abdülkadir Şenel. „Ebü’l-Velîd et-Tayâlisî“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 349-350.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |