Abu Abdulloh Muhammad al-Iloqiy

Andoza:Wikidata image

Abu Abdulloh Muhammad al-Iloqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti 1144-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Faqih

Abu Abdulloh Muhammad al-Iloqiy (arabcha: أبو عبد الله محمد الايعلاقي — Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud ibn Ahmad ibn Rizvon al-Iloqiy) — faqih.

Abu Abdulloh Muhammad al-Iloqiy maʼlum muddat Marvda istiqomat qilgan. U yerda Ali al-Hasan ibn Masʼud ibn al-Firoga shogird tushgan. Soʻngra Nishopurga koʻchib oʻtib, u yerda yashagan. Ali Muhammad ibn Yahyo al-Jiziyga qarshi taʼliqalar bitgan. Doimo birodarlarinin ogʻirini engil qilish haraktida boʻlgan. Shuningdek, har bir ishni qoyilmaqom qilib ado etguvchi, sersaxovat, xushsiyrat va oliyjanob faqih boʻlgan.

Ustozilari

tahrir

Al-Furoviy, Abdulmunʼim al-Qushayriy, Zohir ash-Shahomiy va ularning tabaqasidagi boshqa ulamolardan hadis tinglagan[1].

Vafoti

tahrir

Keyinchalik Marvga kelgan va 539/1144 y. rabiʼu-l-avval oyida vafot etguniga qadar shu yerda istiqomat qilgan[2].

Adabiyotlar

tahrir
  • Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. -T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.

Manbalar

tahrir
  1. Abdulkarim Samʼoniy. Ansob. J. 1. — Bayrut, 1988. — B. 238.
  2. Abu Abdulloh Yoqut Hamaviy. Muʼjam al-buldon. J. 1. — Bayrut, 1979. 347