Abu Ali an-Nasafiy

Fiqh ilmi olimi

Al-Husayn ibn al-Xalil ibn Ahmad ibn Muhammad an-Nasafiy (Abu Ali) — faqih. Samarqandda muqim yashagan. Buxoroda fiqh ilmidan saboq olgan. Ilm talabi bilan sharq mamlakatlarida bo‘lgan. Muqaddas haj safariga borib, qaytishda Bag‘dodga kirib ulamolar bilan ilmiy munozaralarda bo‘lgan. Abu Ali an-Nasafiy milodiy 1139-yil (hijriy 533-yil)ning ramazon oyida vafot etgan[1].

Abu Ali an-Nasafiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1139-yil (hijriy 533-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi fiqh

Manbalar

tahrir
  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 28-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.