Abu Amr as-Samarqandiy
Abu Amr as-Samarqandiy (arabcha: أبو عمرو السمرقندي) — Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Horun ibn Vardon as-Samarqandiy al-Misriy) — muhaddis.
Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Horun ibn Vardon as-Samarqandiy al-Misriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 864-yil (hijriy 250-yil) |
Vafoti |
milodiy 956-yil (hijriy 345-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis |
Oilasi
tahrirIX asrda yashab ijod etgan asli samarqandlik muhaddis alloma. Ba’zilar bobosiga nisbat berib Usmon ibn Ahmad, deb ham atashadi. Abu Amr as-Samarqandiy Misrning hozirgi Port Sa’id shahrining janubi g‘arbida joylashgan Tinnis shaharchasida tavallud topgan. Oila ahlining barchasi Tinnisda yashaganlar. U ziyoli oilada voyaga yetadi. Otasi sahih hadislar jamlashga e’tibor qaratib, o‘g‘li Abu Amr as-Samarqandiyga hadis aytib berishga juda qiziqardi. Amakisi Abduljabbor ibn Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiy ham muhaddislardan bo‘lib, Tinnisda faoliyat ko‘rsatgan. Hadislarni Ishoq ibn Ismoil ibn Abdullohdan rivoyat qilgan. Akasi Abdurrahmon ibn Ahmad as-Samarqandiy (vafoti: milodiy 955, hijriy 344-yil) ham muhaddislardan va Tinnisda qozilar boshlig‘i bo‘lgan. Shuningdek, nabirasi Muhammad ibn Zakvon at-Tinnisiy ham ilmli kishilardan sanalgan.
Hadislari
tahrirAbu Amr as-Samarqandiy Misrda ibn Shaybon ar-Ramliy, Muhammad ibn Hammod at-Tehroniy, Muhammad ibn Abdulhakam al-Qitriy va boshqa muhaddislardan hadis eshitib, rivoyat qilgan. Undan Abu Abdulloh ibn Manda, ibn Jumay’, Hofiz Abdulg‘aniy al-Azdiy, Abdurrahmon ibn Umar ibn Nahhos, Husayb ibn Abdulloh ibn Muhammad, Ahmad ibn Muhammad ibn Hoj al-Ishbiliy, nabirasi Muhammad ibn Zakvon at-Tinnisiy va bir qancha muhaddislar hadis rivoyat qilgan.
Iqtibos
tahrirAbu Amr as-Samarqandiy haqida ulamolar quyidagi fikrlarni aytganlar:
Ibn Yunus
Abu Amr as-Samarqandiy otasi yozgan hadislarini bevosita tinglagan
, deydi.
Abu Saʼd as-Sam’oniy:
Hadis borasida ishonchli va yoshi ulug‘ bo‘lgan.
Shamsuddin az-Zahabiy {{Quote|Ishonchli muhaddis, Misrda isnodning yuqorisiga yetgan», deb zikr qilgan.
Asarlari
tahrirManbalarda Abu Amr as-Samarqandiyning asarlari haqida ma’lumotlar yo‘q, faqat muhaddisning «Juz fӣhi min al-favāid al-muntahāt al-hisān al-avālӣ min hadӣs Abӣ Amr Usmān bin Ahmad bin Muhammad bin Hārӯn as-Samarqandӣ min shuyӯxih» («Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Horun as-Samarqandiyning ustozlaridan rivoyat qilgan ahamiyati go‘zal, saralangan, foydali hadislardan tashkil topgan qism») va «Juz fӣhi min hadӣs Abӣ Amr Usmān bin Ahmad bin Muhammad as-Samarqandӣ» («Abu Amr Usmon ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad as-Samarqandiyning hadislaridan tashkil topgan qism») asarlari ma’lum qismi saqlanib qolgan.Damashqdagi az-Zohiriyya kutubxonasining 1/40 raqami ostida asarning 304-312-varaqlari saqlanadi. Mazkur qo‘lyozmalarda Abu Amr as-Samarqandiyning ustozlari Muhammad ibn Abdulhakam al-Qitriy, Odam ibn Abu Iyos va Shu’ba ibn Hajjojlardan rivoyat qilgan hadislar keltirilgan.
Vafoti
tahrirAbu Amr as-Samarqandiy 95 yoshda Tinnisda vafot etgan. Alloma Samarqandda yashamagan bo‘lsa-da, as-Samarqandiy taxallusi bilan mashhur bo‘lgan. Uning bobolari samarqandlik bo‘lib, ilm ahlidan sanalganlar[1].
Adabiyotlar
tahrir- Az-Zahabiy. Siyar. — Bayrut: „Muassasa ar-risola“, 1985. XXIX, 419;
- Ibn Jami’. Mu’jam ash-shuyӯx. — Tripoli: „Muassasa ar-risola“, 1985. 432-433;
- As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-fikr“, 1998. 487;
- Abu Amr as-Samarqandiy. Favāid al-muntaqā. — Makka: „Jomi’a ummul-quro“. 1999. 10, 12;
- Samarqand allomalari. — Samarqand: „Imom Buxoriy xalqaro markazi“, 2017. 67-70.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |