Abu Aqo ibn Bahouddin
Abu Aqo ibn Bahouddin -(XVI asr oxiri XVII asr boshida yashagan) – tarixchi.
Abu Aqo ibn Bahouddin | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | tarix |
Abu Aqo ibn Bahouddin Xoja Ahmad ibn Jaloliddin Kosoniy Maxdumi Aʼzamning nabirasi boʻlib, Abdulazizxon (1540-49 yillar) saroyida kichik davlat lavozimida ishlagan. U bobosiga atab „Jomiʼu-l-maqomoti Maxdumi Aʼzam“ („Maxdumi Aʼzam maqomotlari majmui“) kitobini yozgan (1617-yil). Bu asarda Maxdumi Aʼzamning hayotiga oid maʼlumotlardan tashqari, Movarounnahrning XVI asr 1-yarmidagi iqtisodiy va siyosiy ahvoli hamda shayboniylar bilan Eron oʻrtasidagi munosabatlarga oid qimmatli maʼlumotlar keltirilgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- „Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi“; Samarqand:Imom Buxoriy xalqaro markazi 2018.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |