Abu Bakr Siddiq
Abu Bakr Siddiq (to‘liq nomi-Abu Bakr Siddiq Abdulloh ibn Abu Qahhofa ibn Omir; 571 — 634) — Muhammad (sav) daʼvati bilan islomni birinchilardan bo‘lib qabul qilgan, dastlabki to‘rt xalifadan birinchisi (632—634). Muhammad(sav)ning eng yaqin safdoshi, qaynotasi (Oyshaning otasi). Yirik savdogar. Makkaning quraysh qabilasidan. Islomga kirishdan oldin ismi Abdulkaʼba edi. Abdullo ismini Muhammad (sav) qo‘ygan. Siddiq deb atalishiga sabab shuki, isro va meʼroj hodisasini eng birinchi bo‘lib tasdiqlagan. Muhammad payg‘ambar (sav) unga Siddiq, yaʼni imoni kuchli deb laqab berdi. Makkadan Madinaga hijrat qilishda Muhammad(sav)ga hamroh, g‘orda hamnishin bo‘ldi. Badr, Uhud, Handaq, Xudaybiya va boshqa joylardagi janglarda ishtirok etdi. Abu Bakr Siddiq obro‘li va badav-lat kishi bo‘lgani uchun ko‘p odamlarga yordam qildi, chunonchi, Bilol Habashiyni qullikdan sotib olib, ozod etdi. Muhammad(sav) vafotidan keyin birinchi xalifa bo‘lib saylandi (632). Arab qabilalarining Madina hokimiyatiga qarshi ko‘targan qo‘zgolonlarini bostirdi. Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida arablar Iroq va Suriyani fath qildi. Abu Bakr Siddiq Madinada vafot etdi va Muhammad (sav) yoniga dafn qilindi.[1]
Din asoslari |
Allohning birligi • Tavhid Farishtalar • Kitoblar Paygʻambarlar • Qiyomat Qazo va Taqdir |
Asosiy ibodatlar |
Kalimai shahodat Namoz • Roʻza Haj • Zakot |
Muhim Shaxslar |
Muhammad SAV •
Abu Bakr • Umar • Usmon • Ali • Sahobalar • Ahli bayt • Ashari mubashshara |
Muqaddas matnlar |
Qurʼon • Hadis • Shariat Islom huquqi Muhammadning hayoti Makonlar • Islom falsafasi |
Islomdagi mazhablar |
Siyosiy mazhablar Eʼtiqodiy mazhablar Fiqh mazhablari • Soʻfizm |
Jamoat |
Islom taqvimi Jihod • Bayramlar Muborak kechalar |
Islom portali |
ManbalarTahrirlash
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |