Abu Bakr Muhammad al-Yamān al-Samarqandi (arabcha: أﺑﻮ ﺑﻜﺮ ﻣﺤﻤﺪ ﺑﻦ اﻟﻴﻤﺎن السمرقندي) — faylasuf va ilohiyotchi. „Maolim uddin“ („Dinning belgilari“), „at-Tibb ur-ruhoniy“ („Ruh tabobati“) nomli falsafiy asarlari bor.[1]

Abu Bakr Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi mufassir

Uning vatandoshi Abu Mansur al-Moturidiy Abu Bakr Samarqandiy boshlagan yoʻldan yurgan[2][3][4].Abu Bakr al-Samarqandiy tomonidan quyidagi asari tasnif etilgan: “Ar-rad ala-l-karromiya” (“Karromiyalarga raddiya”), “Kitobu-l-anvor” (“Nurlar kitobi”), “Maolimu-d-din” (“Dinning belgilari”), “At-tibbu-r-ruhoniy” (“Ruh tabobati”) nomli asar. K. Brokkelman “Arab adabiyoti tarixi” nomli kitobida Abu Bakr al-Samarqandiyni faylasuf va ilohiyotchi olim deb ta’rif bergan. K. Brokkelmanning yozishicha, bu kitob Abu Xotam Roziyning (313/925-yili vafot etgan. Muhammad ibn Zakariyo Roziydan boshqa kishi) falsafiy qarashlariga qarshi yozilgan.[5]

Asarlari tahrir

Manbalarda uning toʻrtta asarining nomi tilga olingan:[6]

  • Kitab al-Anwar.
  • Kitab al-I’tisam, [hadis]]ga bagʻishlangan.
  • Kitab al-Radd 'ala al-Karramiyya', karromiylarga inkor.
  • Kitab Maʼalim al-Din („Imon chizigʻi“)

Vafoti tahrir

Abu Bakr butun umrini tugʻilib oʻsgan shahri Samarqandda oʻtkazgach, hijriy 268, milodiy 881-882-yili vafot etgan[7].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir