Abu Bakr al-Uvdaniy

Shofiʼiylar shayxi va so'fiylar imomi

Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Basir ibn Varqo al-Uvdaniy al-Buxoriy (Abu Bakr) — faqih. Al-Uvdaniy asli Uvdan — Buxoro qishloqlaridan birida tugʻilgan. As-Samʼoniy zamma bilan „Uvdaniy“, Ibn Mokulo va boshqalar fatha bilan „Avdaniy“ degan. Zamonalarida Movarounnahrda shofiʼiylar imomi, mazhabda o‘z fikriga ega shofiʼiylar shayxi bo‘lgan. Abu Bakr al-Uvdaniy milodiy 995-yil (hijriy 385-yil) rabiuloxir oyida Buxoroda vafot etgan[1].

Abu Bakr al-Uvdaniy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 995-yil (hijriy 385-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi shofiʼiylar shayxi va so'fiylar imomi

Manbalar tahrir

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 29 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.