Abu Bakr qirollik masjidi (malaycha: Masjid Diraja Abu Bakar) – Malayziyaning Pahang shtati Pekan shahrida joylashgan Pahang qirollik masjidi. Bino rasman 1976-yilda pahanglik Sulton Ahmadshoh tomonidan yaqin atrofdagi Abdulloh masjidi (Eski Qirollik masjidi deb ham atalgan) oʻrnida bunyod etilgan.

Masjid
Abu Bakr qirollik masjidi
malaycha: Masjid Diraja Abu Bakar
Abu Bakr qirollik masjidi
Mamlakat  Malayziya
Pahang shtati Pekan shahri
Koordinatalar 1°27′46″N 103°45′00″E / 1.462739°N 103.750076°E / 1.462739; 103.750076
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Masjid

Abu Bakr qirollik masjidi tarkibidagi eng muhim binolardan biri qirol maqbarasi hisoblanadi.

Abdulloh masjidi

tahrir

Abdulloh masjidi yoki Eski qirollik masjidi qirol maqbarasi va yangi masjid (Abu Bakr qirollik masjidi) yaqinida joylashgan Pahangdagi eski qirollik masjidi hisoblanadi. Bino 1928-yilda 8 yillik qurilish davridan soʻng Sulton Abdulloh al-Mu’tassim Billahshoh davrida bunyod etilgan va 1932-yilning 8-yanvarida Tengku Mahkota Abu Bakr ibn Sulton Abdulloh Al-Mu’tassim Billohshoh tomonidan otasining oʻrniga rasman ochib berilgan. Ushbu masjid bino qurilish ishlariga topshiriq bergan sulton sharafiga shunday nomlangan. Abdulloh masjidi bir vaqtning oʻzida 2000 ga yaqin namozxonni sigʻdira oladi. Masjidga kirish bepul[1].

Abdulloh masjidi mavriy uslubda qurilgan boʻlib, 1932-yildan 1976-yilgacha Juma namozini oʻqish uchun Pekandagi asosiy masjid boʻlgan.

Qirollik maqbarasi

tahrir

Qabrlar roʻyxati

tahrir

Ushbu masjidda dafn etilgan sultonlar va qirol oilasi aʼzolarining roʻyxati:

Sulton qabrlari

tahrir
  • Sulton Hoji Sir Abu Bakr Rioyatiddin al-Muazzamshoh ibni Almarhum Sulton Abdulloh al-Mu’tassim Billahshoh (1974-yilda vafot etgan)
  • Sulton Hoji Ahmadshoh al-Mustaʼin Billoh ibni Almarhum Sulton Hoji Sir Abu Bakr Rioyotuddin al-Muazzamshoh (2019-yilda vafot etgan)

Manbalar

tahrir
  1. www.expedia.co.in. „www.expedia.co.in“. www.expedia.co.in. www.expedia.co.in. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.