Abu Isʼhoq an-Naysoburiy
Faqih va muhaddis
Ibrohim ibn Muhammad ibn Ibrohim al-Xazomiy an-Naysoburiy. (Abu Isʼhoq) — faqih va muhaddis. U ilm talabi bilan Iroq, Shom va Xurosonga safar qilgan. U ulamolardan, ulamolar ham undan hadis rivoyat qilganlar. Uning akasi Abu Bashr ham o‘z davrida mashhur faqihlardan edi.
Abu Isʼhoq an-Naysoburiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 933-yil (hijriy 321-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | faqih va muhaddis |
Abu Isʼhoq an-Naysoburiy milodiy 933-yil (hijriy 321-yil)da vafot etgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 30-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.
Ushbu maqolada Renessans olimlari qomusi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |