Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy
Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy (arabcha: أبو إسحاق إبراهيم البخاري — Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad ibn Hishom al-Buxoriy) — hanafiy faqihi.
Abu Ishoq Ibrohim ibn Muhammad ibn Hishom al-Buxoriy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 957-yil (hijriy 346-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | hanafiy faqihi |
„Al-Amiyn“ nomi bilan tanilgan alloma Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan peshqadam faqihlaridan bo‘lgan. Olim hanafiy mazhabida faoliyat olib borgan.
Hadislari
tahrirAbu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy Abu-l-Muvajjah Muhammad ibn Amr, Sahl ibn Shozavayh, Abu Ali Solih ibn Muhammad Jazaralarning suhbatidan bahramand bo‘lib, ulardan hadis eshitgan. Bag‘dodga borib, u yerda hadis aytgan, shahar ahllari undan hadis rivoyat qilganlar. Olimdan shuningdek, Abu Umar ibn Hayyuvayh, Abdulloh ibn Usmon ad-Daqqoqlar rivoyat qilganlar. Abu Ishoq Ibrohim al-Buxoriy 950-yil (hijriy 337-yil)da haj safariga chiqqan. Yo‘lda turli yerlarda hadis rivoyat qilib borgan.
Iqtibos
tahrirAl-Hofiz Muhammad ibn Abdulloh an-Naysoburiy aytadi:
...haj safaridan qaytayotib bir muddat bizning huzurimizda bo‘ldi. Biz undan Abu Ali al-Hofizning «Saylanma»sini yozib oldik
[1].
Adabiyotlar
tahrir- Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. — Karotash: „Maktaba Mir Muhammad“. I, 45;
- Az-Zahabiy. Siyar. 1985. XV, 517;
- Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 136.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |