Abu Is'hoq Shikistoniy (arabcha: أبو اسحق شكستاني — Abu Ishoq Ibrohim ibn Is'hoq Shikistoniy) — roviy

Abu Is'hoq Shikistoniy fozil, hofiz, hadislarni oʻrganish va jamlash boʻyicha etuk olimlaridan biridir. Dastlab oʻzi tugʻilib oʻsgan qishlogʻidagi olimlardan taʼlim olgan. Keyinchalik hadisni oʻrganish va jamlashga boʻlgan qiziqishi sabab, Xuroson va Iroqqa safar qilgan[1].

Ustozlari

tahrir

U erda Salm ibn Abu Muqotil Fazoriy, Azhar ibn Muso Aʼbdiy, Abu Ishoq Tolaqoniy, Abdulloh ibn Abu Hanifa Dabbusiy, Abdulloh ibn Yazid Muqriiy Makkiy, Abu Naʼim Fazil ibn Dukayn Kufiy, Ubaydulloh ibn Muso Absiy, Affon ibn Saffor va Xalaf ibn Valid kabi mashhur allomalardan hadis ilmini puxta oʻzlashtirgan va ulardan hadislar rivoyat qilgan[2].

Shogirdlari

tahrir

Abu Is'hoq Shikistoniydan Masʼud ibn Komil ibn Abbos va Zohir ibn Abdulloh Mugʻkoniy kabi allomalar taʼlim olgan va hadislar rivoyat qilgan[3].

Manbalar

tahrir
  1. Samʼoniy. Ansob. J.7. -Bayrut. Doru-l-fikr. 1998. 385.
  2. Isayev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 78.
  3. Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlari ensiklopediyasi. Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti. 2016. 469.