Abu Jaʼfar Karnabiy“Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Junayd Bagʻdodiyning yaqin safdoshi. Baʼzi manbalarda Junaydga ustozlik qilgani ham aytilgan. Tasavvufdagi boʻd va qurb haqidagi soʻzlari mashhur. Unga koʻra, boʻd va qurb nisbiy tushunchalar boʻlib, Xudo aslida bandalariga jon tomiridan ham yaqinroqdir.

Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx hayotiga bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar tahrir

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.