Abu Jahm
Abu Jahm (arabcha: أبو جهم) — Abu Jahm Omir ibn Huzayfa ibn Gʻanm al-Qurashiy al-Adaviy) — sahoba.
Abu Jahm Omir ibn Huzayfa ibn Gʻanm al-Qurashiy al-Adaviy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | milodiy 690-yil (hijriy 70-yil) |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | sahoba |
Abu Jahm Quraysh qabilasining peshqadam yigitlaridan biri bo‘lib, ismi Ubayd bo‘lgani ham rivoyat qilinadi. Nasab ilmi, arablarning mashhur janglari va sheʼriyatni yaxshi bilgan. Manbalarda Abu Jahmning Payg‘ambar hakamlik qilgan Ka’ba taʼmiri voqeasida (605-yil) kuchli va serg‘ayrat yigit sifatida qatnashgani zikr qilinadi.
Abu Jahm Makka fath qilingan kuni musulmon bo‘lgan. O‘sha kunda Safo tepaligida Payg‘ambarga bay’at qilgan va Madinaga ko‘chib o‘tgan. Hunayn g‘azotida qo‘lga kiritilgan o‘ljalarni Ji’ronada qo‘riqlashga mas’ul qilingan. Abu Jahm Payg‘ambarga qimmatbaho matodan tikilgan libos hadya qilgani naql qilingan. Rasululloh namoz o‘qiganida bu libos fikrlarini mashg‘ul qilayotganini aytib, uni Abu Jahmga qaytarib beradi. Hadyasining qaytarilganidan xafa bo‘lmasligi uchun esa, undan o‘rniga zeb berilmagan libos berishini so‘raydi.
Ichkilikni johiliyat davridanoq zararli ekanini bilib tark qilgan.
Abu Jahmning 120 yildan ziyod yashagani va Abdulloh ibn Zubayr davrida Kaʼbaning yangidan tiklanganini ko‘rgani (hijriy 64-yil, milodiy 683-yil) zikr qilingan. Abu Jahm Islomni qabul qilganidan so‘ng sahobiyalardan Fotima bint Qays u bilan nikoh qurish istagi borligini Payg‘ambarga bildirgan. Lekin Rasululloh ular bir-birlariga mos emasliklarini aytgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Hishom. Sӣra. III, 341; IV, 138;
- Az-Zubayriy. Nasab Quraysh. 369-372;
- At-Tabariy. Tarӣx. II, 640; IV, 198, 359, 413;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. III, 536; VI, 57-58;
- Az-Zahabiy. Siyar. II, 556-557;
- Sezgin. GAS. I, 263;
- Âkif Köten. „Ebû Cehm“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 118.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |