Abu Kasir Sayf az-Zominiy
Abu Kasir Sayf az-Zominiy (arabcha: ابو كثير سيف الزاميني — Abu Kasir Sayf ibn Hafs Zohid az-Zominiy) — Muhaddis.
Abu Kasir Sayf az-Zominiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 909-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Muhaddis |
Abu Kasir Sayf az-Zominiy Ustrushana mintaqasining Zomin shahrida tugʻilgan. U yoshligini Zominda oʻtkazib, IX asrning oʻrtalarida Samarqandga yoʻl olgan. U yerda muqim yashay qolgan.[1]
Shogirdi
tahrirAbu Kasir Sayf az-Zominiydan Muhammad ibn Ali al-Layn al-Balxiy hadislar eshitgan va ularni rivoyat qilgan.
Vafoti
tahrirAbu Kasir Sayf az-Zominiy 297/909 yili Samarqand shahrida vafot etgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. —T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007.