Abu Mansur Gʻuvrajakiy
Abu Mansur Gʻuvrajakiy(arabcha:أبو منصور جوفراجاكي — Abu Mansur Gʻuvrajakiy — Toʻliq ismi:Abu Mansur Xushnom ibn Abu Migʻvor Gʻuvrajakiy) — muhaddis va roviy.
Abu Mansur Gʻuvrajakiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | muhaddis, roviy |
tarixi
tahrirAbu Mansur Gʻuvrajakiy asosan hadislarni Sufyon ibn Uyayna va Abu Muʼoz Xolid ibn Sulaymon Balxiy kabi allomalardan rivoyat qilgan. Ibrohim ibn Nasr Anbar Zobiy va Isʼhoq ibn Ismoil ibn Vazzoh ibn Roshid Marvaziy kabi koʻplab roviylar esa Abu Mansur Gʻuvrajakiydan hadislar rivoyat qilgan. Manbalarda alloma Ibn Vazzoh Abu Mansur Gʻuvrajakiydan hamisha hadis rivoyat qilayotgan paytida: „Bizga zohid Abu Mansur Xashnom ibn Abu Magʻvor xabar berdi. Abu Mansur Gʻuvrajakiyni Gʻuvrajakning ikki togʻ oraligʻidagi Mobon deb nomlangan Rabotida koʻrdim“, — deb aytganligi qayd etilgan.[1]
Manbalar
tahrir- ↑ Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 894.
Ushbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |