Abu Mansur Muhammad Ansoriy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abdulloh Ansoriyning otasi. Abdulmalik Iskof, Abulmuzaffar Termiziy, Piri Forsiy, Abulhasan Tabariy, Yahyo bin Ammor, Shayx Amu bilan suhbatda boʻlgan. Sharif Hamza Uqayliyning muridi. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”­dan ushbu shayx haqidagi bobni aynan kiritgan[1].

Abu Mansur Muhammad Ansoriy 1040-yilda Balxda vafot etgan.

Manbalar tahrir

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lug'at". "Sharq" NMAK, 2016.