Abu Nasr Mansur
Abu Nasr ibn Iroq Mansur ibn Ali (960 — 1036) — xorazmlik riyoziyotchi va falakiyotshunos olim. Xorazmshoh saroyidagi Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masixiy, Abulxayr Hammor va Abu Rayhon Beruniy kabi olimlar bilan muloqatda boʻlgan. Xorazmshoh Abulabbos Maʼmunga bagʻishlab "Kitob fi kuriyya as-sama" ("Samoning shar shaklida ekani haqida kitob"), "Risola filhalli shubhaten arazat fil-maqolat as-solis ashara min kitob al-usul" ("Negizlar" kitobining oʻn uchinchi maqolasida yuz bergan shubxani hal qilish haqidagi risola"), "Risola fi sana al-usturlob bit-tariq assi na i ila Abi Abdallax Muhammad ibn Ali al-Maʼmuni" ("Abu Abdilloh Muhammad ibn Ali al-Maʼmunga usturlobni sanʼat usulida yasash haqida yuborilgan risola") kabi asarlar yozgan. Oʻz davrida "Batlimusi soniy" ("Ikkinchi Ptolemey") degan faxriy nom olgan.
AdabiyotlarTahrirlash
- Матвиевская Г. П. Учение о числе на средневековом Ближнем и Среднем Востоке. Ташкент: Фан, 1967.
- Матвиевская Г. П., Тллашев Х. О научном наследии астронома X—XI вв. Абу Насра ибн Ирака. Историко-астрономические исследования, Вып. XIII, 1977, с. 219—232.
- Матвиевская Г. П., Тллашев Х. Сочинения Абу Насра ибн Ирака о сферике. В кн.: Из истории средневековой восточной математики и астрономии. Ташкент: Фан, 1983, с. 82-171.
- Матвиевская Г. П., Розенфельд Б. А. Математики и астрономы мусульманского средневековья и их труды (VIII—XVII вв.) В 3 т. М.: Наука, 1983.
- Матвиевская Г. П. Очерки истории тригонометрии. Ташкент: Фан, 1990.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |