Abu Nasr Sog‘arjiy
Abu Nasr Sogʻarjiy (arabcha: أبو نصر الصاغرجي — Abu Nasr Ahmad ibn Faraj ibn Abdulaziz ibn Abulhaysam Sogʻarjiy) — faqih.
Abu Nasr Sogʻarjiy | |
---|---|
Tavalludi |
Samarqandga qarashli Sogʻarjiy qishlogʻi. |
Vafoti |
524/1130 yil. |
Hayoti
tahrirAbu Nasr Sog‘arjiy faqih, fozil va solih kishi bo‘lgan. Abu Nasr Sog‘arjiyga Alloh taolo olim farzandlar ato etganki, ular ham o‘z zamonasining mashhur olimlaridan hisoblanishgan.[1]
Ustozi
tahrirAbu Nasr Sogʻarjiy hadis ilmi sir-asrorlarini ustozi Yusuf ibn Solih Xatibdan oʻrgangan. Bundan tashqari oʻsha davrning birqancha muhaddislardan hadislar tinglagan va rivoyat qilgan[2]. Manbalarda Abu Nasr Sogʻarjiydan uning oʻgʻli hamda bir qancha kishilar hadis rivoyat qilgani qayd etilgan.
Vafoti
tahrirAbu Nasr Sogʻarjiy hijriy 524-yil robiʼal-avval oyi — milodi 1130-yil fevral oyida Samarqandda vafot etgan. Chokardiza qabristoniga dafn etilgan[3].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻrta asr Sharq allomalari ensiklopediyasi maʼlumotlaridan foydalanilgan. |